Davlat inspektori faoliyatiga qarshilik ko‘rsatmang
18.
12. 2020
09:39
6280
Ekanadzor

Toshkent shahar ekologiya boshqarmasining Yakkasaroy tumani inspektsiyasi inspektorlari tuman hududida kechayu-kunduz nazorat tadbirlarini olib borishmoqda.

Belgilanmagan joyga chiqindi tashlab, so‘ngra davlat inspektorlarining bu qonunbuzilishi yuzasidan ma’muriy bayonnoma tuzishiga qarshilik ko‘rsatishga uringan fuqaro afsuski, chuchvarani xom sanaganini kech tushundi.

Qonun barchaga barobar ekanligini unutgan fuqaro K. O. inspektorlarimiz tomonidan Yakkasaroy tuman 1 sonli IIB ga olib borilib, profilaktik tadbir va tushuntirish ishlarini olib borishdi. Natijada belgilanmagan joyga chiqindi tashlab, qonunbuzilish holatini sodir etgan bu fuqaro belgilangan tartibda ma’muriy jarimaga tortildi.

Hurmatli fuqarolar, atrof muhit muhofazasiga zarar yetkazib, so‘ngra davlat inspektorlari faoliyatiga aslo to‘sqinlik qilmang, aks holda jarimaga tortilasiz.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar