Tadbir davomida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqarolar Q.A. va F.M. Aydarko‘l suv havzasidan 430 dona baliqni noqonuniy ravishda ovlab, tabiatga qariyb 30,5 million so‘mdan ortiq zarar yetkazdi.
Jumladan, Q.A. tomonidan Nurota tumani “Boymurod” OFY hududidagi Aydarko‘l suv havzasidan hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda 19 dona sudak, 9 dona sazan, 192 dona vobla baliqlarini ushlaganligi aniqlandi.
Shuningdek reyd davomida yana bir kattaqo‘rg‘onlik F.M. esa noqonuniy ravishda 10 dona sudak, 10 dona sazan, 190 dona vobla baliqlarini ovlagani ma’lum bo‘lgan.
Holatlar yuzasidan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Q.A.ga 16 million 268 ming so‘m, F.M.ga esa 14 million 210 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan. To‘plangan hujjatlar sud organlariga taqdim etildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati