Davlat ekologiya qo‘mitasining hisoboti
01.
05. 2021
13:50
5978
Yangiliklar

Oliy Majlis Senati Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari qo‘mitasida Davlat ekologiya qo‘mitasining «Mamlakatda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish holati» yuzasidan parlament eshituvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Kazbekov va Bosh boshqarma boshlig‘i A. Sodiqov, shuningdek, soha mutaxassislarining kun tartibidagi masala yuzasidan hisobotitinglandi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimizning «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan respublika hududida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilishiga joriy etilgan moratoriyning amal qilish muddati 2021 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilgan.

Ekologik nazorat tadbirlari natijasida 4,4 mingta huquqbuzarliklar aniqlanib, jami 6,8 ming tup daraxtlar, shundan 3,7 ming tupdan ortiq qimmatbaho daraxtlar noqonuniy kesilganligi uchun 3613 ta holat bo‘yicha mansabdor shaxslar va fuqarolarga 4,6 mlrd so‘m jarima solingan.

Shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining «Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori loyiha ishlab chiqilgani qayd etildi.

Muloqot davomida hududlardan qatnashayotgan senatorlar tomonidan ham sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar berildi. Qizg‘in savol-javoblar bilan yakunlangan parlament eshituvida Davlat ekologiya qo‘mitasining hisoboti ma’qullandi.

Davlat ekologiya qo‘mitasining hisoboti

Davlat ekologiya qo‘mitasining hisoboti

Davlat ekologiya qo‘mitasining hisoboti

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar