Toshkent viloyati. Murojaat joyida o‘rganildi
27.
07. 2021
11:03
4207
Ekanadzor

Joriy yilning 26 iyul sanasida Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Xonobod ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro X.A.ning uyi yaqinidagi asfalt ishlab chiqarish korxonasining atrof-muhitga yetkazayotgan zararlari haqida murojaatiga asosan joyiga chiqib o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Korxona faoyalitidan atmosferaga tashlanayotgan tashlanmalarning o‘rnatilgan me’yorlarga mosligi yuzasidan korxona atrofidan hamda fuqaro uyi yaqinidan havodan namunalar olinib, tahlillar o‘tkazildi. Shuningdek, mazkur korxonaning amaldagi tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi.

Shu o‘rinda, atrof-muhit musaffoligiga befarq bo‘lmagan fuqarolarimizga, o‘zlarining jonkuyarliklari uchun minnatdorchilik bildirib qolamiz!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar