Navbatdagi sayyor qabul Andijonda o‘tkazildi
04.
08. 2021
15:06
4654
Yangiliklar

Mutasaddilarning aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilishi hududlarda mavjud kamchilik va nuqsonlarni o‘sha joyning o‘zida qisqa muddatda bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan vazirlik va idoralar rahbarlari viloyatlarda sayyor qabullar uyushtirmoqda.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maksudovning Andijon tumanida o‘tkazgan sayyor qabulida ko‘rib chiqilgan masalalar qamrovi kengligi bilan tadbirda bevosita qatnashgan jurnalistlarning diqqatini tortdi.

Mahalla raislari, ziyolilar Andijonning yashillik olamini yanada boyitish bo‘yicha jo‘yali fikr-mulohazalarini ham bildirdilar. Soha faxriylarining «Ekologiya fidoyisi» ko‘krak nishonini ta’sis etish xususidagi taklifi ham yig‘ilganlarga ma’qul bo‘ldi.

Qabul davomida kelib tushgan 20 ga yaqin murojaatning aksariyati joyida hal etildi. Ayrim masalalarni chuqur o‘rganish orqali yechim topish maqsadida soha mutaxassilaridan iborat Ishchi guruhlari tuzildi. Ular faoliyatining yakuniy xulosalari bir haftadan keyin murojaatchilarga ma’lum qilinadi.

Andijon

Andijon

Andijon

Andijon

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar