Ozon qatlamini muhofaza qilishga qaratilgan qo‘shma loyiha Muvofiqlashtiruvchi kengashining yig‘ilishi
27.
08. 2021
15:35
4524
Tadbirlar

27 avgust kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi, BMT taraqqiyot dasturi hamda global ekologik jamg‘armasining «O‘zbekistonda global isish salohiyati past va ozonni yemirish qobiliyati bo‘lmagan energiya samarador texnologiyalarni joriy etish orqali gidroxlorftoruglerodni butunlay iste’moldan chiqarish» qo‘shma loyihasi Muvofiqlashtiruvchi kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishning maqsadi Monreal bayonnomasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun GXFU (GXFUlar – ozonni yemiruvchi moddalar) bosqichma-bosqich voz kechishni jadallashtirish hamda 2030 yilgacha xizmat ko‘rsatish sohasida GXFUlarni barqaror qisqartirishga yo‘naltirilgan 2021 yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati natijalari bilan tanishtirishdir.

Onlayn formatda o‘tgan yig‘ilishda vazirlik, idoralar, loyiha tashkilotchilaridan iborat Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari ishtirok etdilar.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 2018 yil 9 yanvardagi 17-son qarori bilan tarkibida ozonni buzuvchi moddalar yoki unga qaram bo‘lgan jihozlar importi ta’qiqlandi.

Shuningdek, yuqorida bayon etilgan loyiha doirasida Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy dasturda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha jadal chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, atmosfera havosiga ozon yemiruvchi moddalar tashlamalarini bartaraf etish uchun xladagentlardan (freon) qayta foydalanish Milliy tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Ozon qatlamini muhofaza qilishga ...

Ozon qatlamini muhofaza qilishga ...

Ozon qatlamini muhofaza qilishga ...

Ozon qatlamini muhofaza qilishga ...

Ozon qatlamini muhofaza qilishga ...

Ozon qatlamini muhofaza qilishga ...

Ozon qatlamini muhofaza qilishga ...

Ozon qatlamini muhofaza qilishga ...

Ozon qatlamini muhofaza qilishga ...

Ozon qatlamini muhofaza qilishga ...

Ozon qatlamini muhofaza qilishga ...

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar