18 sentyabr - Butunjahon tozalik kuni (“World Clean up Day 2021”) dunyoning barcha mamlakatlarida tozalik va tabiatni asrash kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Shu kun munosabati bilan Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar kengashi hamda “Maxsustrans” DUK tomonidan fotosuratlar tanlovini e’lon qiladi.
Ekologiyaga befarq bo‘lmagan faol yoshlarimiz o‘rtasida «Biz senga befarq emasmiz — ONA TABIAT!» nomi ostida fotosuratlar tanlovi.
Ushbu tanlovda tozalik va ozodalikni saqlash, chiqindilarni yig‘ish va saralash orqali atrof-muhitni asrashni ifodalagan holda ma’lum bir hududning oldingi holati va tozalangandan so‘ng olingan holatlaridagi fotosuratlar qabul qilinadi.
G‘oliblar 18 sentyabr kuni Zahiriddin Muxammad Bobur nomli Markaziy ekologik bog‘ida bo‘lib o‘tadigan tadbirda diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun @Shohista_Zokirova telegram manziliga murojaat qilishingiz so‘raladi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati