Qoraqalpog‘iston Respublikasi. O‘simlik dunyosiga zarar keltirildi
16.
09. 2021
09:06
4105
Ekanadzor

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining To‘rtko‘l inspektsiyasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri natijasida «Toza bog‘yov» OFYda yashovchi fuqaro Yu.Q. tomonidan noqonuniy ravishda davlat zaxira yeridan saksovul o‘simligini chopib olingan qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Holat yuzasidan qonunbuzar fuqarolarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan jarima va tabiatga yetkazilgan zararni qoplash uchun da’vo hisoblandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar