#WorldCleanUpDayUzb | Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlangan aktsiya
18.
09. 2021
20:46
6158
Yangiliklar

2021 yil 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston ekologik partiyasi hamda «Sanoat qurilish bank» ATB O‘zbekistonda Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlangan aktsiyani tashkil etdilar.

So‘nggi uch yil ichida mamlakatimiz jahon hamjamiyati bilan birga, bir maqsad sari birlashib, Butunjahon tozalik kunida (World Clean Up Day) faol ishtirok etib kelmoqda. O‘zbekiston mazkur yirik ekologik harakatga 2019 yilda qo‘shildi. Aktsiya har yili sentyabr oyining uchinchi shanba kunida o‘tkaziladi.

Har yili o‘tkaziladigan aktsiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan 10 ming nafardan ortiq ko‘ngilli fuqarolar ishtirok etib keladi.

2021 yilda O‘zbekiston Respublikasidan nafaqat davlat tashkilotlari balki nodavlat notijorat tashkilotlari, biznes – tuzilma vakillarining ham faol ishtirok etishi WorldCleanUpDay kotibiyati tomonidan alohida e’tirof etildi.

Butunjahon tozalik kuni – bu insoniyat o‘zi yashab turgan hududda tozalikni o‘rnatish g‘oyasini ifoda etadi. Butunjahon tozalik kuni tarixa nazar tashlanadigan bo‘lsa, mazkur kun o‘zining oddiy boshlanish tarixiga ega bo‘lishiga qaramasdan jahonning qator mamlakatlarida ommalashib ketdi. G‘oya dastavval 2008 yil Estoniyada vujudga kelib, 50 000 ko‘ngillilar mamlakatni chiqindilardan xoli etish uchun birlashganlar.

Bugungi kunga kelib mazkur kun ko‘ngillilarning bir kun davomida 150 dan ortiq mamlakatni bir maqsad birlashtiruvchi yirik ijtimoiy harakatiga aylandi. Aslida mamlakatimizda avloddan avlodlarga o‘tib kelayotgan qadriyatlar borki, ulardan biri bu – hashar! U insonlarga mehr-oqibat, odamiylikdan saboq beruvchi bebaho tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbirdir.

Mazkur tadbir respublika bo‘ylab tashkil etilib, Toshkent shahrida Mirzo Ulug‘bek tumani G‘afur G‘ulom parki shaxobchasida o‘tkazildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar