Jizzax viloyati. Reyd tafsilotlari
22.
09. 2021
17:38
3770
Yangiliklar

Jizzax viloyatida ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan ekologik nazorat tadbirlari davomida atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan, tabiatga zarar keltirayotgan huquqbuzarliklar aniqlanib, ularga ma’muriy choralar ko‘rilyapdi hamda ekologik targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borilmoqda.

Paxtakor tumanida bo‘lib o‘tgan nazorat reyd tadbirida hech qanday ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan noqonuniy ravishda tabiiy holda o‘suvchi qamish o‘simligini o‘rib, o‘zi boshqaruvida bo‘lgan avtotransport vositasida ortib, olib ketayotganlik holati aniqlandi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va BHMning 5 barobari miqdorida jarima belgilandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar