Rasmiy munosabat
19.
10. 2021
10:28
4365
Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda «...Mutasaddilar mana bu korxonaning ekologiyaga yetkazayotgan zarari haqida lom-mim deya olmadi», sarlavhasi ostida tarqatilayotgan xabarlar yuzasidan Davlat ekologiya qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Aholi vakillari tomonidan shikoyat tarzida «Cristal Color» MChJ (ya’ni, Samo brendi)ga nisbatan yo‘llangan murojaatlar ekolog-mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi. Asosiy e’tibor noxush hid hamda tozalanmasdan tashlanayotgan oqava suvlariga qaratildi. O‘rganish davomida korxonada bug‘ mo‘risini talab darajasida ko‘tarish ishlari olib borilayotgani, oqava suvlarni tozalash inshootida esa 13 mlrd so‘mlik qurilish amalga oshirilib, 370 ming yevroga teng maxsus suv tozalash jihozlari Turkiyadan keltirilgani va hozirda yakuniy montaj-sinov jarayoni davom etayotgani aniqlandi.

Yuzaga kamchiliklarni bartaraf etish nuqtai nazaridan Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi orqali ma’muriy jarimalar qo‘llanildi. Shuningdek, olingan tahlil natijalariga ko‘ra, atmosfera havosiga zararli moddalar tashlaganligi hamda ishlab chiqarishdan hosil bo‘lgan oqava suvlar tozalanmasdan tashlanganligi uchun 13 990 028 so‘m kompensatsiya to‘lovi hisoblanib, korxonadan to‘liq undirilib olindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar