«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!» shiori ostida bayram tadbiri
19.
10. 2021
16:02
3800
Ma’naviyat va ma’rifat

Bugun 19 oktyabr kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi «21 oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun» doirasida «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!» shiori ostida bayram tadbirini tashkil etdi.

Til har bir millat madaniyatining o‘zagidir. Shu sababli ham tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, ananalarini saqlaydi. 1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni qabul qilindi. Bosh Qomusimizning 4-moddasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir», deb belgilab qo‘yilgan.

Tadbirda Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlashi, O‘zbekiston o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilinishini ta’minlashi, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritilishi va zaruratga qarab, boshqa tillarga tarjima qilinishi lozimligi haqida so‘z yuritildi.

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar