Navoiy viloyati. Noqonuniy baliq ovlagan fuqaroga 17 550 000 so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi
19.
10. 2021
16:11
4829
Ekanadzor

Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektorlari tomonidan nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat reyd tadbiri davomida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani fuqarosi Q.A. tomonidan Konimex tumani «Boymurod» OFY hududidagi Aydarko‘l suv havzasidan hech qanday ruxsatsiz noqonuniy ravishda 3 dona zog‘ora, 62 dona oqsila baliqlarini ovlaganligi aniqlandi. Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 17 mln 550 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilanib , to‘plangan hujjatlar Nurota tumani jinoiy sudiga ma’muriy ishni ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar