Toshkent viloyati. Rasmiy munosabat
04.
11. 2021
17:20
4488
Ekanadzor

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Parkent tumanidagi xonadonlarning birida Afrika sher bolasining saqlanayotganligi, ahvoli qoniqarli emasligi bilan bog‘liq chiqishlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan atroflicha o‘rganildi va ular yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Qo‘mita tomonidan 2019 yil 10 oktyabr kuni fuqaro X. Ahmedovga yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va ko‘paytiriladigan pitomnik, shuningdek, zoologiya kollektsiyalarini hisobga qo‘yish to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtirilgan. Yovvoyi hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish bo‘yicha “Wildlife” MChJ pitomnigi Toshkent viloyatining “Bog‘ishamol” dala hovli hududida joylashgan.

Pitomnik rahbari X. Ahmedov tomonidan Afrika sherlari (1 dona erkak va 1 dona urg‘ochi) 2020 yilning 3 oktyabr kuni Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi “Shou panda arena” havaskorlik tsirk guruhi rahbari bilan shartnoma tuzilib, sotib olingan.

Pitomnikda saqlanayotgan yovvoyi hayvonlar bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasiga 2021 yilning yanvar oyida taqdim etilgan hisobotga muvofiq, sherlar 2017 yilda tug‘ilgan, ozuqa ratsioniga go‘sht, tuxum va turli vitaminlar belgilangan. Ular o‘z vaqtida beriladi. Erkak jinsli sherning vazni 230 kg, urg‘ochi sherning vazni 170 kg, yovvoyi hayvonlarga emlash ishlari muddatida olib borilgan hamda ularning umumiy ahvoli yaxshi.

Shuningdek, “Wildlife” MChJ rahbari bilan muloqot davomida joriy yilning 8 sentyabr kuni zoopitomnikda 1 dona bosh sher bolasi o‘ng ko‘z kataraktasi bilan tug‘ilganligi hamda maxsus muolajalarning o‘z vaqtida olib borilishi ma’lum bo‘ldi.

Sherlarning ochiq havoda aylanishi uchun qo‘shimcha 24 metr-kvadrat maydonga ega mustahkam panjarali usti berk valer tashkil etilgan.

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar