O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va tashish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlarni undirishni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish maqsadida, sanitar tozalash korxonalari uchun Android tizimida ishlovchi bank terminallarini xarid qilish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi, mazkur yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi barcha sub’ektlar (etkazib beruvchilar) va sohaning tajribali mutaxassislaridan ko‘zlanayotgan xarid predmetining apparat hamda dasturiy yechimi bo‘yicha ilovada ko‘rsatilgan texnik topshiriq talablariga to‘liq javob beruvchi tijorat takliflarini 2021 yil 14 noyabrga qadar qabul qilishga tayyorligi haqida e’lon qiladi.
Ilova: xarid predmetining apparat hamda dasturiy yechimiga texnik topshiriq.
Batafsil ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin:
(+998) 99 409-37-37;
(+998) 90 920-05-50;
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati