Namangan viloyati. Yashil makon umummilliy loyihasi
11.
11. 2021
15:24
5602
Tadbirlar

«Namanganning har bir tumanida shunday bog‘u rog‘, daraxtzorlar yaratamiz. Yo‘l yoqalarida, ijtimoiy ob’ektlar hududlarida bo‘sh yerlar yashil maydonlarga aylanadi», - Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Chustda barpo etilayotgan 22 gektarlik Yangi O‘zbekiston bog‘iga ilk ko‘chat o‘tkazish marosimida ishtirok etdi.

Namanganda «Yashil makon» umummilliy loyihasi izchil amalga oshirilmoqda. Mana bugun «Dolzarb 40 kunlik» aktsiyasi boshlanganiga ham o‘n kun bo‘ldi. Har kungi xasharlari natijasida hozirga qadar bir millionga yaqin mevali manzarali daraxt va buta ko‘chatlari o‘tkazildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi yurtimiz bo‘ylab ko‘chat ekib, bog‘-rog‘lar barpo etish va tevarak-atrof musaffoligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugun erta tongdan Chust tumanida ham ushbu loyiha ko‘tarinkilik boshlandi. Pungon-Namangan yo‘lida 22 gektar maydonda barpo etilayotgan «Yangi O‘zbekiston bog‘i»dagi tadbir avvalida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov ishtirok etdi. U o‘z so‘zida ushbu loyiha doirasida ekilgan ko‘chatlar ekalogiya va atrof-muhit muhofazasida muhim omil bo‘lishni ta’kidladi.

Nuroniylar yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi uchun duoga qo‘l ochdilar.

Viloyat hokimi boshchiligida tuman sektor rahbarlari ham ko‘chat ekishni boshlab berishdi.

Namangan viloyati

Namangan viloyati

Namangan viloyati

Namangan viloyati

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar