Joriy yilning 26-noyabr kuni Navoiy viloyati OITSga qarshi kurashish markazining Sanitar instruktori Abdiraximov Sobir Yusufovichning ishtirokida 1-dekabr Butun jahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan «O‘z hayotingni o‘zing asra» mavzusida «Ma’rifat soati» o‘tkazildi. Ma’rifat soatida tuman(shahar)inspeksiyalari xodimlari ham zoom platformasi orqali qatnashishdi.
Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni 1988 yildan boshlab dunyo bo‘ylab har yili 1-dekabr kuni nishonlanadi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati