Bugun 1 dekabr kuni Toshkent shahrida Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekistonda BMT Taraqqiyot dasturi, BIOFIN global tashabbusi «Biologik xilma-xillikni moliyalashtirish bo‘yicha tashabbus» loyihasi doirasida seminar tashkil etdilar.
BIOFIN – bu global tashabbus bo‘lib, 2012 yilda BMT Taraqqiyot dasturi biologik xilma-xillikni moliyalashtirish bo‘yicha tashabbusni amalga oshirishni boshladi. BIOFIN o‘zida global hamkorlikni aks ettirib, bugungi kunda 30 dan ortiq mamlakatlarda amalga oshirib kelinmoqda.
Tadbirda mazkur loyihani mamlakatimizda amalga oshirishning muhim omillari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi, bu borada xalqaro tajribalar bo‘yicha taqdimotlar berildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati