Markaziy Osiyo uchun Ekologik Reabilitatsiya Hisobi Assambleyasining yig‘ilishi
10.
12. 2021
16:20
3975
Yangiliklar

2021 yil 9 dekabr kuni Markaziy Osiyo uchun ekologik reabilitatsiya hisobi (ERH) Assambleyasining navbatdagi yig‘ilishi onlayn formatda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda YeRH, Yevropa komissiyasi, Xalqaro atom energiyasi agentligi, YeXHT, BMTTD vakillari, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi YeRHning benefitsiari bo‘lib, uning doirasida Strategik bosh rejada ustuvor ob’ektlar sifatida belgilangan Toshkent va Namangan viloyatlaridagi sobiq uran qazib olinadigan ob’ektlarni rekultivatsiya qilish rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor donor va benefitsiar mamlakatlarga erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berishga qaratildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari J. Kazbekov so‘zga chiqdi. Yig‘ilish davomida YeRH doirasida erishilgan yutuqlar va kelgusi yil uchun maqsadlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida, benefitsiar mamlakatlarga kun tartibidagi dolzarb masalalarni bajarishga e’tibor berish tavsiya etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil fevral oyidagi farmoyishiga muvofiq Davlat ekologiya qo‘mitasi YeRH doirasida ishlarni tashkil etish bo‘yicha mas’ul davlat organi etib belgilandi.

Avvalroq, joriy yilning oktyabr oyida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda YeTTB o‘rtasida maslahat xizmatlari ko‘rsatish to‘grisida Grant bitimi imzolandi. Ob’ektlarni rekultivatsiya qilish ishlarini 2024 yilga qadar yakunlash kutilmoqda.

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar