Korruptsiya – tubsiz jarlik
23.
12. 2021
18:09
4010
Yangiliklar

Bugun, ya’ni 2021 yilning 23 dekabr kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar rahbarlari ishtirokida navbatdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Qo‘mita raisi o‘rinbosari I. Boqijonov boshqargan majlisda Prezidentimizning «Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi yuzasidan qilinayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

Oqibati tubsiz jarlik bo‘lgan korruptsiyaga yo‘l qo‘ygan kishi nafaqat o‘z faoliyati, balki hayotida ham to‘g‘ri yo‘ldan adashib ketishi alohida ta’kidlandi. Bu baloga qo‘l urganlar o‘zi qolib farzandlari va yaqinlari taqdiriga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan adashgan xodimlar misolida ko‘zni kattaroq ochish, korruptsiya botqog‘iga botib qolmaslik maqsadida profilaktika tadbirlarini kuchaytirish yuzasidan barcha mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar