Moratoriy talablarini buzganganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi
01.
01. 2022
12:29
4556
Ekanadzor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi farmoni bilan moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda:

a) huquqbuzarlarga:

moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori besh baravarga;

daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish va shikastlantirish bilan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi;

b) moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pog‘ona pasaytiriladi. Bunda:

darajasi (reyting bahosi) bir pog‘ona pasaytirilgan qurilish-pudrat tashkilotlari bir yil mobaynida darajasini (reyting bahosini) ko‘tarish imkonidan mahrum bo‘ladi;

darajasini (reyting bahosini) bir pog‘onaga pasaytirish imkoni bo‘lmagan qurilish-pudrat tashkilotlari bir yil muddatga qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingidan to‘liq chiqarib tashlanadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar