Davlat ekologiya qo‘mitasi Jamoatchilik kengashiga taklif qiladi
06.
01. 2022
16:37
4519
Tender

Hurmatli yurtdoshlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari!

Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolarining vakolat muddati tugaganligi munosabati bilan mamlakatimiz ekologiyasi va atrof-muhit holatiga befarq bo‘lmagan, dolzarb muammolar yechimi bo‘yicha taklif va tashabbuslar ega bo‘lgan va ularni hal etishda faol qatnasha oladigan, fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan hamda o‘zining kreativ fikrlari bilan yordam berishga tayyor fuqarolarni Jamoatchilik kengashiga taklif etadi.

Jamoatchilik kengashi tarkibiga takliflarni ariza shaklini to‘ldirib, 2022 yil 12 yanvar soat 18.00 ga qadar ecosovet@eco.gov.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar