Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
07.
01. 2022
09:51
4656
Tadbirlar

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Kazbekov xizmat safari davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasida ham bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi 76-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan qo‘mita xodimlariga tushuncha va ko‘rsatmalar berdi.

Jumladan:

– ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirini oldini olish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratiga uslubiy yordam ko‘rsatish va ko‘maklashish, fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash, shuningdek, atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va ob’ektlarning muhofaza qilinishini ta’minlash kabi vazifalar belgilab berilganligi;

– ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish tizimini yangi darajaga ko‘tarish maqsadida Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat ekologiya qo‘mitasi hamkorligida “Ekologik patrul” ishlash tizimini joriy etib, qo‘shma profilaktik tadbirlarni o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha oldinda turgan maqsad va vazifalar aytib o‘tildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar