Klaster rahbarlari bilan uchrashuv
27.
01. 2022
10:59
4664
Tadbirlar

Kuni kecha Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari I. Boqijonov qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘lik ishlarni kompleks boshqarish bo‘yicha klasterlar rahbarlari bilan uchrashdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 sentyabrdagi PF–5057-sonli Farmoyishiga muvofiq, klaster korxonalari tomonidan 73 ta texnologik uskuna va 360 ta maxsus texnika keltirildi. Loyihalar doirasida 9 ta chiqindilarni qayta ishlash zavodlarining qurilish ishlari yakunlanib, 9 ta saralash va 45 ta qayta ishlash uskunasi ishga tushirildi.

Tadbir davomida klasterlar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar, xususan, maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlarni undirilishi, ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, «O‘zmilliybank»dan olingan kredit mablag‘lari, muddati o‘tgan qarzdorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mazkur uchrashuvga taklif etilgan olmoniyalik ekspert bu borada Germaniya tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar