Samarqandda barpo etilayotgan 50 gektarlik “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da hech qanday attraktsion bo‘lmaydi
28.
01. 2022
21:20
16703
Yangiliklar

Samarqand shahrining Qorasuv massivida “Agromir Building” MChJ tomonidan “Yangi O‘zbekiston bog‘i” barpo etilmoqda. Bu yerga Turkiya davlatidan 27 turdagi 8 ming tup qimmatbaho navli manzarali daraxt nihollari olib kelib ekildi.

Daraxtlarni sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida 4 dona yer osti qudug‘i qazilgan bo‘lib, ushbu nihollarni parvarishlash uchun bog‘bonlar guruhi ham Turkiya davlatidan jalb qilingan. Ular ko‘chatlarning unib, o‘sishini ta’minlash, shuningdek, hudud iqlim va tuproq sharoitiga moslashtirish ishlarini olib boradilar. E’tiborlisi, 50 gektarlik mazkur bog‘da hech qanday attraktsion o‘rnatilmaydi va ko‘ngilochar ko‘chma barlar ham bo‘lmaydi.

Bu yerda shahar aholisi va mehmonlar yashillikdan bahra olib, ochiq havoda hordiq chiqarishadi. Buning uchun bog‘da sokinlik muhiti yaratilib, o‘tirish uchun o‘rindiqlar o‘rnatiladi, kitob o‘qish uchun sharoit yaratiladi.

Shuningdek, ertalabki badantarbiya uchun velosiped yo‘laklari barpo etiladi. Odamlarning sayr qilishi, sport mashg‘ulotlarini olib borishi uchun sharoit yaratiladi.

Hozirda mazkur ishlar tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida amalga oshirilmoqda.


Abdulaziz Yo‘ldoshev, “Xalq so‘zi”

Manba: https://xs.uz/uzkr/post/samarqandda-barpo-...

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar