Ekologiya muhofazasi bo‘yicha «Namangan tajribasi» keng ommalashmoqda
30.
01. 2022
18:07
5581
Ekanadzor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yil 24 avgust kuni ekologik holatni yaxshilash, daraxtlar muhofazasini samarali tashkil etish va yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida, chiqindilarni tashish va qayta ishlashni davlat-xususiy sherikchilik asosida xususiy sektorga berish o‘zini oqlaganligi Namangan viloyatidagi «Namangan Musaffo iqlim» mas’uliyati cheklangan jamiyati misolida etirof etilgan edi.

Mazkur MChJ xizmat ko‘rsatayotgan Namangan shahri, To‘raqo‘rg‘on, Mingbuloq va Namangan tumanlarida xususiy sheriklik tizimi to‘liq o‘zini oqlagan, xizmat sifati sezilarli darajada yaxshilangan.

Namanganda tajriba sifatida yo‘lga qo‘yilgan atrof-muhit musaffoligini saqlashga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga oid o‘ziga xos tajriba butun mamlakatimiz bo‘ylab keng ommalashtirilmoqda.

Ushbu yo‘nalishda Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh tadbirkorlar «Namangan tajribasi»ni keng o‘rganish, mazkur sohada hamkorlikni o‘rnatish, o‘zrao fikr almashish maqsadida Namangan shahrida joylashgan «Namangan Musaffo iglim» MChJda bo‘lib, maxsus poligonda olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

Namangan viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tasarrufidagi «Toza hudud» davlat unitar korxonasi boshlig‘i Fazliddin Ibragimov hamda «Namangan Musaffo iqlim» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Faxriddin Ibragimov mehmonlarga davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan muhim vazifalar ijrosini ta’minlash, bu borada davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshilayotgan e’tiborga molik ishlar, erishilgan natijalar xususida atroflicha ma’lumot berdi.

Farg‘onalik ekologlar «Namangan Musaffo iqlim» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan konteynerlar, yer osti chiqindi tashlash konteynerlari hamda chiqindini qayta ishlash uskunalari va ularning ishlash tartibi haqida tushunchalarga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, har ikki viloyat tadbirkorlari yo‘lga qo‘yilgan tajribani keng ommalashtirish bo‘yicha kelgusida hamkorlikda ish olib borishga kelishib oldi.


Oqilxon Dadaboev, O‘zA

Manba: http://uza.uz/posts/341806

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar