Dolzarb vazifalar muhokamasi
08.
02. 2022
11:03
3357
Yangiliklar

Kuni kecha Xorazm viloyati hokimiyatida viloyatning barcha tuman hokimlari, tegishli tashkilotlar va boshqarma boshliqlari ishtirokida «Yashil yillik» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov ham qatnashdi.

Yig‘ilishda 2022 yili 2 fevral kuni Prezidentimiz Sh.Mirziyoev raisligida chiqindilar bilan ishlash tizimi va ekologik holatni yaxshilash, «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar yuzasidan «Yo‘l haritasi» ishlab chiqilib, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Yig‘ilishda bahorgi ko‘chat ekish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish, mahalliy hudud iqlimiga mos ko‘chatlar zaxirasini shakllantirish, viloyatdagi chiqindi poligonlarini tartibga solish, davlat xususiy sherikligi asosida chiqindilarni qayta ishlash qamrovini kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar