Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yildi
09.
02. 2022
17:35
4411
Tadbirlar

Bugun 9 fevral kuni poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida buyuk shoir tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda ulug‘ bobokalonimizga ehtirom ko‘rsatish, asarlarini o‘rganish, uni dunyoda keng targ‘ib etishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.

Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbariyati, xodimlari ushbu tantanali tadbirda ishtirok etib, buyuk alloma, o‘zbek adabiy tili asoschisi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar