Joriy yilning 11 fevral kuni Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida ulug‘ ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «Ma’rifat soati» o‘tkazildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olgan.
Tadbirda ishtirokchilarga ana shu kabi muhim ma’lumotlar berildi. O‘quvchi-yoshlar Bobur g‘azallari va ruboiylaridan namunalar o‘qidi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati