Nukusda "Yashil yillik" umumilliy loyihasiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida amaliy o‘quv-seminar o‘tkazildi
22.
02. 2022
16:19
4538
Tadbirlar

Seminarda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov ishtirok etib, "Yashil yillik" umummilliy loyihasini har tomonlama yuqori savyaida o‘tkazish oldinda turgan muhim mas’uliyatli vazifa ekanini ta’kidladi va ko‘chat ekish ishlarini tizimli tashkil qilish, har bir hudud iqlim sharoitiga mos ko‘chatlarni o‘tqazish bo‘yicha so‘z yuritdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar, ishchi guruh mas’ullari, mahalla faollari, yosh ekologlar ishtirok etgan tadbirda ishtirokchilarga Qoraqalpog‘iston iqlimini hamda suv tanqisligini inobatga olib, asosan katalpa, pavlovniya, yapon soforasi, qayrag‘och, tut va akatsiya ko‘chatlarini ekish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha murojaat qilib, javob oldilar.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar