Xabaringiz bor, davlatimiz rahbar joriy yilning 2 fevral sanasida bo‘lib o‘tgan videoselektorda aholi ortasida ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha ham topshiriq berib o‘tgandilar.
Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish boshqarmasi Bo‘stonliq tumani inspektorlari tomonidan tumandagi «Tovoqsoy» MFY hududida joylashgan Chirchiq pedagogika institutiga qarashli texnikumda 2-bosqich talabalari bilan ekologik madaniyatini oshirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlarni ekologiyaga va atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini yanada yaxshilash, chiqindilar, atmosfera hamda tabiatga zararli bo‘lgan boshqa omillar haqida aytib o‘tildi.
Suhbat so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassilardan javob oldilar.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati