Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Beruniy tumanida 100 MVt quvvatli yangi shamol elektr stantsiyasiga tamal toshi qo‘yildi
24.
02. 2022
15:45
3948
Yangiliklar

Ayni vaqtda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida qurilishi rejalashtirilgan quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stantsiyasining qurilishini boshlash uchun tamal toshi qo‘yish tadbirida ishtirok etmoqda.

Ushbu shamol elektr stantsiyasini qurish uchun o‘tkazilgan Xalqaro tenderda Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi 1 kilovatt soat elektr energiya narxi uchun 2,57 AQSh tsenti (278,5 so‘m) tarif taklifi bilan g‘olib deb topilgandi.

Mazkur shamol elektr stantsiyasini 2024 yilda ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu shamol elektr stantsiyasi foydalanishga topshirilgach yiliga 350 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, 120 mingdan ortiq aholi xonadonlari elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Shamol elektr stantsiyalari qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish asosida atrof muhitga va tabiatga mutloqo zararsizdir. Eng ahamiyatlisi shundaki, elektr stantsiya ishga tushgach yiliga 106 mln kub. metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 160 ming tonna zararli chiqindilar tashlanishining oldi olinadi. Tejab qolingan gaz bilan 35 mingta xonadonni 1 yil davomida tabiiy gaz bilan ta’minlash imkoniyati yuzaga keladi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki so‘nggi yillarda yurtimizda yashil energetikani rivojlantirish, xususan, quyosh va shamol elektr stantsiyalarini qurish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu yo‘nalishda o‘tgan qisqa 3 yil ichida quyosh va shamol elektr stantsiyalarini qurish bo‘yicha 10 ta bitim imzolandi.

Ta’kidlash kerakki, 2021 yilning avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida birinchi 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stantsiyasi ishga tushirildi.

Shu bilan birga, joriy yil 1 choragida Samarkand viloyati Nurobod tumanida ikkinchi 100 MVt quvvatli yirik quyosh fotoelektr stantsiyasini ishga tushirilishini rejalashtirilgan.

Joriy 2022 yilda ham qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida yirik ishlar amalga oshiriladi. Xususan, Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda umumiy quvvati 1 900 MVt bo‘lgan 8 ta quyosh fotoelektr stantsiyalarini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy quvvati 1 700 MVt bo‘lgan shamol elektr stantsiyalarini qurish uchun loyiha bitimlari imzolanishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, 2023 yilda Samarqand, Jizzax, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 1 097 MVt bo‘lgan 4 ta quyosh fotoelektr stantsiyalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro (G‘ijduvon va Peshku) va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1 600 MVt bo‘lgan 4 ta shamol elektr stantsiyalari “yashil” energiya ishlab chiqarishni boshlaydi.


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Atmosfera havosini muhofaza
qilish boshqarmasi

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar