Ekspertlar yigʻilishi boʻlib oʻtdi
11.
03. 2022
10:02
3802
Yangiliklar

Joriy yilning 10-mart sanasida videokonferens-aloqa shaklida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHXT) aʼzo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlik va muassasalari rahbarlarining uchinchi yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha ekspertlar yigʻilishi tashkil etildi.

Maʼlumot uchun: SHXTga aʼzo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlik va muassasalari rahbarlarining uchinchi yigʻilishi Oʻzbekiston Respublikasining ushbu tashkilotdagi raisligi doirasida Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Muzokaralar davomida tomonlar SHXTga aʼzo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlik va muassasalari rahbarlarining uchinchi yigʻilishi kun tartibi, unda koʻrib chiqiladigan hujjatlar hamda ushbu tadbir tashkil etiladigan sana yuzasidan fikr almashdilar.

Onlayn uchrashuv doirasida SHXTga aʼzo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlik va muassasalarining navbatdagi ekspertlar yigʻilishini joriy yil 6-aprel sanasida tashkil etishga kelishildi.

Foydali manbalar