Shu kunlarda Toshkent shahrida “Toza havo” oyligi tadbirining ikkinchi bosqichi boʼlib oʼtmoqda. 10-sentyabrdan 10-oktyabrga qadar davom etadigan ushbu oylik Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda oʼtkazilmoqda. 
23.
09. 2022
17:15
3162
Yangiliklar

Mazkur tadbir doirasida poytaxtimizga kirish-chiqish yoʼnalishidagi 5 ta yoʼl patrul maskanlarida doimiy koʼrik nuqtalari tashkil etilgan boʼlib, ular malakali xodimlar hamda zarur uskunalar bilan taʼminlangan. Qoʼmitaning ekologik mobil laboratoriyasi ham jalb qilinayotgani ayniqsa, samarali boʼlmoqda.

Davlat ekologiya qoʼmitasi raisi N. Oblomuradov bugun “Erkin” yoʼl patrul xizmati maskanida boʼlib, ushbu oylik doirasida olib borilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi va jarayonlarni bevosita kuzatdi.

Toshkent shahri avtomobillar harakati boʼyicha respublikadagi koʼrsatkichi eng yuqori boʼlgan hududlardan biri ekanini taʼkidlab, ushbu oylikni oʼtkazishdan koʼzlangan maqsad, avvalo, atrof-muhit musaffoligini taʼminlashga qaratilganini, aynan bu borada haydovchilar oʼrtasida targʼibot-tushuntirishlarini olib borish, oylikni har tomonlama yuqori saviyada oʼtkazish yuzasidan masʼullarga tegishli koʼrsatma va topshiriqlar berdi.

Davlat ekologiya qoʼmitasi Matbuot xizmati

Foydali manbalar