Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspektsiyasining «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq hududida suv ob’ektlarini muhofaza qilishga ixtisoslashgan tezkor nazorat guruhi» xodimlari tomonidan, 2019 yil 23 sentyabr kechasi soat 3:00 da Mo‘ynoq tumani «Qozoqdaryo» OFY hududidan oqib o‘tuvchi «Aqshadaryo» kollektori atrofida o‘tkazilgan tungi reyd natijasida «UAZ-469» rusmli davlat raqami 95 V654 DA avtomobili to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda ichida ikki dona ov miltig‘i va o‘n uch bosh jayron borligi aniqlandi.
Brakonerlar T.B. «TOZ-63» va P.A. «IJ-18» rusumli ov miltig‘i yordamida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 13 bosh jayronlarni 2019 yil 22 sentyabrda kunduzgi soat 15:00-17:00 orasida noqonuniy ov qilganliklari aniqlandi.
Ayni damda noqonuniy ov bo‘yicha barcha hujjatlar to‘planib, Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborilmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati