Hamkorlik istiqbollari muhokama etildi
28.
12. 2022
10:02
2868
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiyadagi elchixonasi ko‘magida Davlat ekologiya qo‘mitasi vakillarining Shvetsiya Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi T.Danestad hamda Shvetsiyaning Chiqindilarni boshqarish bo‘yicha assotsiatsiyasi Bosh maslahatchisi V.Vikvist bilan onlayn uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Shvetsiya tomoniga keyingi yillarda O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish sohasida erishilgan yutuqlar, hususan aholidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari qamrovi, sohada xususiy sektor vakillari ulushining ortgani, chiqindilarni saralash va qayta ishlash ko‘rsatkichlari ko‘payganligi to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Uchrashuv davomida Shvetsiyaning ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda tadbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, bioxilmaxillikni asrash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni samarali boshqarish hamda iqlim o‘zgarishi yo‘nalishlarida yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib oldilar.

Yig‘ilishda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J.Kazbekov ishtirok etdi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Foydali manbalar