O‘zbekiston – Koreya: ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik aloqalari yangi darajaga chiqdi
02.
06. 2023
15:44
2368
Yangiliklar

Joriy yilning 1-iyun kuni Tabiat resurslari vazirligi va Koreyaning xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida “Toshkent viloyatida smart texnologiyalar asosida o‘rmon va shahar o‘rmonlarini ko‘kalamzorlashtirish loyihasi” bo‘yicha Muhokamalar bayonnomasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu hujjat Tabiat resurslari vazirining birinchi o‘rinbosari O.Qudratov va KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Park Sunjin tomonidan imzolandi.

Ta'kidlash joizki, loyihadan maqsad Toshkent viloyatida “smart” texnologiyalar asosida O‘rmon va shahar o‘rmonlarini ko‘kalamzorlashtirish hamda o‘rmonchilar malakasini yuksaltirish, xususan, 60 dan ortiq o‘rmon mutaxassislarini ko‘chatxona boshqaruvi va ko‘chatchilikni rivojlantirish bo‘yicha salohiyatini oshirishdir. 

Shuningdek, 1,7 mln. tup pista ko‘chatlari, 5 gektar maydonda manzarali ko‘chatlar yetishtirish, konteynerda ko‘chat yetishtirish bo‘yicha 6 ta “smart” issiqxona tashkil etish hamda 50 gektar maydonda ildizli ko‘chatlar yetishtirishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Qolaversa, loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar O‘zbekistonda koreys tajribasiga asosan ko‘chatchilikni rivojlantirish bilan birga bu sohada institutsional salohiyat darajasi oshishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Ma'lumot uchun, loyihaning umumiy qiymati 7,7 mln AQSH dollarini tashkil etadi.

Foydali manbalar