Surxondaryodagi xonadonlardan birida noyob turdagi kiyik topildi
09.
06. 2023
16:37
2468
Yangiliklar

Surxondaro viloyati, Uzun tumani, “Dehqon” mahallasida yashovchi fuqaro xonadonida kiyikning noyob turi va uning bolasi saqlanayotgani ma'lum bo‘ldi. 

Ayni damda Surxondayo viloyatida boʻlib turgan Ekologiya vazirligi ishchi guruhi va "Bobotogʻ" milliy tabiat bogʻi xodimlari tomonidan kiyik va uning bolasi vaqtinchalik Termiz hayvonot bogʻiga topshirildi. 


Hozirda kiyikning qaysi turga mansub ekanligi, ushbu hududga qanday kelib qolgani va boshqa tafsilotlar o‘rganilmoqda.

Foydali manbalar