Qashqadaryoda 43 ta echkiemarni o‘ldirib, terisini shilgan brakonyerlar qo‘lga olindi
16.
06. 2023
17:08
4122
Yangiliklar

Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda Kasbi tumani IIB xodimlari hamkorligida 2023 yilning 14 iyun kuni Kasbi tumanida brokonerlikka qarshi kurashish maqsadida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat tadbirida “Kasbi” MFY, Obod mahalla ko‘chasida yashovchi fuqaro M.I yashash xonadonida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi hamda CITES Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan bo‘z echkiemarlarni tutqunlikda saqlab, ularni vaxshiylarcha nobud qilayotgani aniqlandi.Tezkor tadbirda 20 ta echkiemarning tutqunlikda saqlanayotgani va 43 ta echikemar esa o‘ldirilib, terisi shilib olingani maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holat bo‘yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro M.Idan 20 ta tirik echkiemar va 43 ta echkiemarning terisi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasi, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 47, 49, 50-moddalari, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi Qonunining 51, 53-moddalari, Jinoyat kodeksining 202-moddasi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktyabrdagi 290-sonli qarorining 2-ilovasi sifatida tasdiqlangan “Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning VI bob, 126-bandi talablariga asosan huquqbuzarga hayvonot dunyosiga yetkazilgan jami 311 850 000 (uch yuz o‘n bir million sakkiz yuz ellik ming) so‘m zarar hisoblanib, hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Tirik qolgan 20 ta bo‘z echkemar o‘zining yashash muhiti bo‘lgan Muborak tumanidagi cho‘l hududlariga qo‘yib yuborildi.

Video: https://youtu.be/9RpdtRKMFjE

Foydali manbalar