Toshkent viloyatidagi o‘rmonzorlarda yong'in chiqdi
01.
07. 2023
16:27
2714
Yangiliklar

Toshkent o'rmon xo'jaligining Piskent tumani hududida joylashgan Angren bo'limida bir necha o'rmonzorda yong’in chiqdi.

Ayni damda yong'in Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o'chirildi. 

Yong'in sabablari, oqibatlari va boshqa tafsilotlarni aniqlash maqsadida ishchi guruh tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda. 

Holat yuzasidan batafsil ma'lumot beriladi.

 

Foydali manbalar