Atmosfera ifloslanishini monitoring qilish uchun 347 ta  avtomatlashgan kichik stansiya o‘rnatiladi
15.
07. 2023
10:29
3246
Yangiliklar

2023-yil 1-dekabrga qadar yurtimizdagi tuman va shaharlarda atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini amalga oshirish uchun 347 ta avtomatlashgan kichik stansiya o‘rnatiladi. 

Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra amalga oshiriladi. 

Ta'kidlash joizki, ushbu kichik stansiyalar Ekologiya vazirligi tomonidan tasdiqlangan texnik talablar va hududlarga joylashtirish xaritalari asosida Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan oʻrnatiladi.

Shuningdek, kichik stansiyalarini joylashtirishda tuman va shaharlarning geografik joylashuvi, iqlimiy koʻrsatkichlari hamda sanoatlashuvi inobatga olinadi.

2024-yil 1-yanvardan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida oʻrnatiladigan avtomatlashgan kichik stansiyalar ma’lumotlari yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish orqali vizuallashtirilib, rasmiy veb-saytlarda real vaqt rejimida muntazam yangilab boriladi.

Foydali manbalar