Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan 753 tup tojik kavragi o'simligiga zarar yetkazildi
16.
07. 2023
17:36
2945
Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida tuman Ekologiya bo'limi ishchi guruhi tomonidan tezkor reyd tadbiri o'tkazildi.

Reyd davomida "Sebatli" massivi hududida tadbirkorlik subyekti tomonidan 753 tup tojik kavragi o'simligiga zarar yetkazilganligi, ildiz qismlari kavlanib, kesilganligi aniqlandi. Ma'lumot uchun, tojik kavragi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Holat natijasida o'simlik dunyosiga jami 372 million 735 ming so'm zarar yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar to‘planib, prokuraturaga yuborildi.

Foydali manbalar