600 ta yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi
31.
07. 2023
10:20
2001
Yangiliklar

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda “Amirliklarning Yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida markazda yetishtirilgan 600 ta yo'rg'a tuvaliq Uchquduq va Konimex tumanlarining cho‘l hududlariga qo'yib yuborildi.

Ma'lumot uchun, yo‘rg‘a tuvaloq O‘zbekiston Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan bo'lib, yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan qushlardan hisoblanadi.

Markaz o‘z faoliyatini boshlagandan beri qariyb 19  minga yaqin yo‘rg‘a tuvaloq tabiat bag‘riga uchirildi.

 

Foydali manbalar