30.
08. 2023
03:45
2552
Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Muborak tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan ekologik nazorat reyd tadbiri o'tkazildi.
Tadbir davomida "Istiqlol" MFY da yashovchi 3 nafar fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda saksovul o'simligi chopib olingani aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Huquqbuzarlarning har biriga 1 mln 650 ming so'mdan, jami 4 mln 950 ming so'm ma'muriy jarima qo'llanildi.