O‘zbekistondagi barcha maktab o‘quvchilariga Qizil kitoblar topshirildi
04.
09. 2023
16:04
3897
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi arafasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari uchun Qizil kitoblar chop ettirildi. 

Qizil kitoblar jami 40 000 nusxada bo‘lib, respublikadagi barcha umumta’lim maktablariga tarqatilmoqda. Xususan, bugunga qadar Xorazm viloyatida 2000 ta, Sirdaryo viloyatida 1250 ta, Jizzaxda 2050 ta, Navoiyda 1400 ta, Qashqadaryo viloyatida esa 4000 ta kitob o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi.

Ta'kidlash joizki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda ham o‘quvchilar Qizil kitob bilan ta'minlanadi. Maqsad yosh avlodda ekologik ong va madaniyatni shakllantirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni o‘rgatishdir.

Foydali manbalar