"Obodonlashtirish oyligi": Respublika bo‘yicha hududlar jami 461,2 ming tonna chiqindidan tozalandi
06.
09. 2023
14:36
2286
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi arafasida butun respublika bo‘ylab "Obodonlashtirish oyligi" o‘tkazildi.

Oylik davomida barcha hududlarda tozalash ishlari olib borildi. Xususan, Xorazm viloyati jami 32 ming 395 tonna qattiq maishiy va boshqa turdagi chiqindilardan tozalandi.

Bundan tashqari, Surxondaryoda 18,9 ming tonna, Namanganda jami 29,8 ming tonna, Andijonda 24,5 ming tonna, Toshkent viloyatida 22,6 ming tonna, Samarqandda 63,2 ming tonna chiqindi poligonlarga joylashtirildi. Qolaversa, boshqa hududlar ham chiqindilardan tozalandi.

Respublika bo‘yicha oylik davomida jami 461,2 ming tonna maishiy chiqindilar hududlardan olib chiqib ketildi va poligonlarga joylashtirildi. Qolaversa, 909 ta chiqindi yig‘ish shaxobchalari ta'mirlandi. 

Shu bilan birga, "Obodonlashtirish oyligi" davomida jami 4 039 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, 3 milliard so‘mdan ortiq ma'muriy jarimalar qo‘llanildi.

Ma'umot uchun, "Obodonlashtirish" oyligidan maqsad hududlarni obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari ko'lamini yanada kengaytirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, "mahalladan xonadongacha" tamoyili asosida mahallalar hududlarini obodonlashtirish orqali aholi farovonligini oshirishdir.

Foydali manbalar