Har yili dunyoning ko’plab mamlakatlarida Ekologik bilimlar kuni nishonlanadi. Bu kun 1992-yil Rio-de-Janeyro shahrida o’tkazilgan BMT konferensiyasida atrof-muhit muammolari muxokama qilinganida, insoniyatning xayoti va barqarorligi, uchun butun dunyo aholisi o’rtasida ekologik tarbiya katta ahamiyatga egaligi ta'kidlandi. Bu bayramning asosiy maqsadi-ekologik bilimlarni oldiga surish, aholida ekologik madaniyatni rivojlantirish, jamiyatni ekologik havfsizligi xaqida ma'lumotlantirish, hamda xar bir fuqaroni ekologik fikr yuritishda tarbiyalash va tayyorlash. Bu masalani muhimliligi xech kimni shubhalantirmaydi va qator mamlakatlarda tarbiya va ta'limning asosiy yo’nalishlaridan xisoblanadi. Atrof-muhitni asrash, aholini ekologik madaniyatini shakllantirish yo’lidagi faoliyatlar - insoniyat kelajagi garovidir. "Ekologiya” termini (grek so’zi «oikos»-uy, «logos»-fan ) ilk bor 1866-yili nems biologi Ernstom Gekkelem tomonidan kiritildi. Bugungi kunda ekologiya - organizmlarni o’zaro va atrof-muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o’rganadigan fan. Insoniyatni kun sayin o’sib borayotgan extiyojlari va sayyoramizda kamayib ketayotgan imkoniyatlari o’rtasidagi muvozanatni ushlab turish, tabiatni muhofaza qilish uchun xar birimiz ekologik bilimlarga ega bo’lmog’imiz zarur. Ekologik ta'lim va bilim, tabiat muhofazasidagi muammolarni yechimi usuli sifatida xalqaro tan olindi. Bizning davlatimizda ham ekologik tarbiya va ta'lim umum ta'lim muassasalarining asosiy yo’nalishlaridan biri xisoblanadi, Sayyoramiz kelajagi o’sib kelayotgan avlodning ekologik madaniyatiga bog’liq. Global ekologik muammolarni davlatlararo va dunyo miqyosida birgalikda yechish mumkin, ammo yashab turgan joyining ekologiyasini yaxshilash har bir inson vazifasidir. Ushbu kunda umumta'lim muassasalarda davlat idoralari, ommaviy axborot vositalari xamkorligida turli tadbirlar o’tkaziladi. Ekologik madaniyatni odamlar ongiga singdirish-kelajak avlodni sog’ligini saqlash garovidir.
- Yangiliklar
- Vazirlik haqida
- Huquqiy faoliyat asoslari
- Vazirlik funktsiyalari va vazifalari
- Vazirlik tarixi
- Rahbariyat
- Vazirlik tarkibi
- Tenderlar
- Yoshlar siyosati
- Bo‘sh ish o‘rinlari
- Faoliyat ko‘rsatkichlari
- Jamoatchilik kengashi
- Vazirlik Hayat yig‘ilishi
- Xalqaro aloqalar
- Elektron hukumat
- Ma'naviyat va ma'rifat
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Green University
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Ochiq ma'lumotlar
- Faoliyat ochiqligi yuzasidan ochiq ma’lumotlar
- Byudjet to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlar
- Umumiy ochiq ma’lumotlar
- Ochiq ma’lumotlarni joylashtirishga mas’ul shaxslar
- Davlat dasturi ijrosi to‘grisida
- Berilgan ekologik ekspertizasi xulosalari
- Jamoatchilik eshituvi
- Yashil bog‘lar
- Ichki audit bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar
- Axborot xizmati
- Xizmatlar
- Aloqalar
- COP14
Foydali manbalar