Qizil kitobga kiritilgan olako‘zan va qirg'iy burguti ochiq tabiatga qo‘yib yuborildi
12.
10. 2023
16:09
2877
Yangiliklar

Navoiy viloyati, Nurota tumanining “Dexibaland” MFY hududida yashovchi fuqaro E.J. xonadoniga nomaʼlum hayvon kirib qolganligi to‘g‘risida Nurota tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlariga murojaat qildi. 

Murojaat o'rganilganida fuqaroning uyiga O‘zbekiston "Qizil kitobi"ga kiritilgan olako‘zan kelib qolganligi, uning  holati qoniqarli ekanligi ma'lum bo'ldi. Olako'zan Nurota tumanining dasht hududiga olib borilib, ochiq  tabiatga qo‘yib yuborildi. 

Ma'lumot uchun, olako'zan qishloq xoʻjaligi maqsadida yerlarning jadal oʻzlashtirilishi bilan bogʻliq ravishda keskin kamayib ketgan. Mirzachoʻl, Qarshi choʻlining katta qismi va Turkiston togʻining yonbagʻirlarida ushbu tur jonivorlar yoʻqolib ketgan. Mamlakatimizdagi taxminiy soni – 5 mingta atrofida. 

Bundan tashqari, Navoiy shahrida yana bir fuqaro A.Xning uyiga nomaʼlum hayvon kirib qolganligi to‘g‘risida murojaat qildi.

O‘rganish natijasida xonadonga O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qirg‘iy burgut kelib qolganligi aniqlandi. U cho‘l hududiga olib borilib, ochiq tabiatga qo‘yib yuborildi.

Ma'lumot uchun, qirg'iy burgut butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan uchib oʻtuvchi nominal kenja tur hisoblanib, TMXI Qizil roʻyxatiga kiritilgan. Qizilqumdagi qoldiq togʻlarda topilgan sanoqli uyalari maʼlum. Kattaqoʻrgʻon va Sherobod atroflarida ham boʻlgani taxmin qilinadi. XX asr boshidan 60-yillarigacha 20 ga yaqin koʻchmanchi zoti qayd etilgan. Hozirda uyalamay qoʻygan. 1980–1990-yillarda janubi-gʻarbiy Qizilqumda koʻchib yuruvchi 4 donasi hisobga olingan (Buxoro ixtisoslashgan “Jayron” pitomnigi, Qarnabchoʻl). Dunyodagi populyatsiyasi qisqarib bormoqda.

Foydali manbalar