Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi delegatsiya vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “"Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qonunga muvofiq qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohasida "zero waste“ (nol chiqindi) tamoyili joriy etilishi hamda barcha chiqindi poligonlarida chiqindilarni to‘liq qayta ishlashga bosqichma-bosqich o‘tish yo‘lida olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Shuningdek, chiqindilarni boshqarish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Yakunda chiqindi sohasiga doir loyihalarni tuzish hamda amalga oshirishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.