WLE: O‘zbekiston tabiiy merosi surati xalqaro tanlov finalida eng yaxshilardan biri deb topildi
15.
12. 2023
11:46
1459
Yangiliklar

O‘zbekistonning tabiiy merosi surati "Wiki loves Earth" (WLE) xalqaro fototanlovi finalchilari qatoridan joy oldi.

Oʻzbekistonda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi koʻmagida oʻzbekzabon "Wikimedia" guruhi va rus Vikigidlar hamjamiyati tomonidan ilk bor tashkil etilgan "Wiki loves Earth" xalqaro fototanlovi natijalari ma'lum qilindi. 

Joriy yilning oktabr oyida o‘tkazilgan tanlovning birinchi bosqichida o‘zbekistonliklar tomonidan mamlakatimiz tabiatini aks ettiruvchi 4 mingga yaqin fotosurat jo‘natilgan edi. Ular orasidan 3279 ta fotosurat tanlovda ishtirok etishga loyiq ko‘rildi. Tanlovning ikkinchi bosqichida esa mahalliy hakamlar hay’ati tomonidan 6 nafar muallifning atigi 10 ta surati xalqaro bosqichga munosib deb topildi.

Tanlov finalida xorijlik mutaxassislar dunyoning turli hududlaridan jo‘natilgan minglab fotosuratlar orasidan ikki yo‘nalish bo‘yicha 10 ta suratni, jumladan, Toshkent viloyatining Burchmulla qishlog‘i yaqinidagi Ko‘ksu tog‘ daryosi aks etgan suratni tanlab olishdi.

Surat muallifi — mashhur sayohatchi-bloger, fotograf Marat Najibayev.

Foydali manbalar